Bugun, 25 avgust kuni Içki işlar vazirligining bu boradagi şikoyati Oliy sudda rad etildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati ma'lum qildi.

2019 yil 6 sentabr kuni Buxoro şahar ma'muriy sudida fuqaro B. Baxranovga nisbatan MJtKning 126-moddasi (közgusimon va/yoki tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, şuningdek tevarak-atrofni körişni çeklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalaniş)ning 1-qismi böyiça yuritilgan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş körib çiqilgan.

Sud qaroriga muvofiq, B.Baxranovning harakatlarida ma'muriy huquqbuzarlik alomatlari yöqligi sababli unga nisbatan bölgan ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi iş MJtKning 271-moddasi (ma'muriy huquqbuzarlik töğrisidagi işlarni yuritişni istisno etuvçi holatlar)ning 1-bandiga asosan tugatilgan.

2019 yil 2 oktabr kuni Buxoro viloyati ma'muriy sudida Buxoro şahar ma'muriy sudining 2019 yil 6 sentyabrdagi qaroriga nisbatan Buxoro viloyat IIB YHXB tomonidan keltirilgan kassatsiya şikoyati körib çiqilgan.

Kassatsiya instansiyasi sudining qaroriga muvofiq, 6 sentyabrdagi qaror özgarişsiz, şikoyat qanoatlantirişsiz qoldirilgan.

2020 yil 25 avgust kuni Oliy sud Ma'muriy işlar böyiça sudlov hay'atida Içki işlar vazirligining yuqoridagi ikki qaror ustidan bergan nazorat tartibidagi şikoyati körib çiqilib, sud qarorlari özgarişsiz qoldirildi.