Moskva va Minsk Belarusga zirhli texnika va MI-35 vertolyotlarini yetkazib berish to‘g‘risida kelishuvga erishdi. Bu haqda Belarus mudofaa vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, shuningdek, 2025 yilga qadar zamonaviy havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib berish bo‘yicha harakatlar rejasi imzolangan.
Xabarga ko‘ra, Belarus mudofaa vaziri o‘rinbosari Sergey Simonenko boshchiligidagi qurolli kuchlar delegatsiyasi "Armiya-2020" harbiy-texnik forumi doirasida zamonaviy texnika va qurollar bilan tanishgan.
Forum davomida ikki batalon BTR-82A zirhli texnikalari va to‘rtta Mi-35M vertolyotini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzolangan.












