Toşkent şahar IIBB xodimlari “Lasetti” rusumli avtomobil içidan mingdan ortik “Tropikamid” flakonlarini topişdi.

Joriy yilning 20 avgust kuni “Bektemir” YPX postida YPX, PPX va kinologiya xizmati xodimlari tomonidan 33 yoşli namanganlik Ğ.M. boşqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobil töxtatildi. 

Toşkent şahar IIBB xabariga köra, tekşiruv davomida avtomobil yukxonasidan 1050 ta “Tropikamid” flakonlari topildi. 

Mazkur fakt asosida Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 251-1 moddasi (“Kuçli ta'sir qiluvçi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof ravişda muomalaga kiritiş”) böyiça jinoiy iş qözğatildi.