“2021 yilning bahorida o‘tkazilishi rejalashtirilgan mazkur festival ichki va tashqi turizmni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuni inobatga olib, festivalga puxta tayyorgarlik ko‘riladi. Madaniyat vazirligidan vakillar kelib, sahnalar o‘rnatiladigan joylarni tanlab ketishgan. Hozirda sahnalarni barpo etish, shu bilan birga mehmonlar joylashtiriladigan binolarda havas qilsa arzigulik shart-sharoitlarni yaratish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Shuningdek, tomoshabinlar miriqib hordiq chiqarishlari uchun barcha qulayliklar yaratiladi”, dedi viloyat hokimligi vakili biz bilan suhbatda.