Fransiyada Agata Kristi qalamiga mansub "Önta negr bolasi" romanining nomi özgardi – kitob "Ular önta edi" nomi ostida çop etildi. Bu haqda yozuvçining avlodi Jyeyms Priçardga asoslanib RTL radiostansiyasi xabar berdi.

 "Kitob yozilgan paytda til boşqa edi va hozirda unutilgan sözlardan foydalanilgan. Uning original nomi AQŞda heç qaçon işlatilmaganiga deyarli işonçim komil. Buyuk Britaniyada uning nomi 1980-yillarda özgartirilgan va bugun asar nomini butun dunyo böylab özgartirmoqdamiz", - dedi Priçard.

 Uning sözlariga köra, Agata Kristiga "u işlatgan sözlar kimnidir xafa qilsa yoqmagan bölardi".

 "Biz kimnidir xafa qiladigan atamalarni işlatmasligimiz kerak – 2020 yilda özimizni ana şunday tutişimiz lozim", - deb qöşib qöydi Kristining avlodi.

Nomi özgargan asar Fnac kitob dökonlarida sotuvga çiqdi. Uning narxi 5,6 yevroni taşkil etadi.