Olimning ta'kidlaşiça, Ispaniyada 15 maydan keyin bungaça bölgan davrga nisbatan koronavirusga çalinganlar köproq aniqlangan. Bu esa ikkinçi tölqin yuz berayotganidan darak beradi. Ikkinçi tölqin birinçisiga nisbatan özgaça keçmoqda: bunda infeksiya köproq yoşlarda qayd qilinmoqda va kasallik virus kuçsizlangani sababli yengil şaklda ötmoqda. Mutaxassisning aytişiça, avval taşxislarning katta qismi şifoxonalarda qöyilgan va bunda kasallanganlar asosan katta yoşlilar bölgan. Hozirda esa ommaviy testlar ötkazilayotgani evaziga bemorlar kasallikning erta bosqiçida aniqlanmoqda. Şu sababli taşxislarning aksariyati şifoxonalardan taşqarida qöyilmoqda.

Olimning ta'kidlaşiça, ayni vaqtda vaziyatning qanday tus olişini prognoz qiliş qiyin, biroq qat'iy karantinga qaytişga hojat yöqligiga umid bor. Çunki xavf guruhiga kiruvçi odamlar kasallikka çalinişdan qörqib, aloqalarni çeklamoqdalar va özlarini himoya qilmoqdalar.

25 avgustda Ispaniya boş vaziri Pedro Sançes mamlakatda virus bilan boğliq vaziyat “xavotir uyğotayotganini”, biroq mart oyidagi kabi oğir emasligini aytgan.

Ispaniyada pandemiya boşidan beri kasallanganlar soni 412 mingdan oşdi, 30 mingga yaqin odam virusdan vafot etdi. Ayni vaqtda Ispaniyaning butun hududi böylab majburiy niqob taqiş va boşqa sanitar çoralar amal qilmoqda.