Hozirda metropoliten stansiyalaridagi örindiqlarni ta'mirlaş işlari olib borilayotgani ma'lum qilindi.

«Toşkent metropoliteni» UK xabariga köra, uşbu işlar belgilangan jadval asosida karantindan oldingi davrda (yölovçilar uçun xizmat körsatmagan paytida) boşlangan. 

Ta'kidlanişiça, qayta tiklaş jarayoni maxsus ustaxonalarda olib borilişini hisobga olib, xiyobonlarga örnatilgan örindiqlar bilan vaqtinça almaştiriş töğrisida içki qaror qabul qilindi (hozirda «Paxtakor» va «Xalqlar döstligi» stansiyalarida mavjud). 

Rekonstruksiya işlari tugagandan söng, örindiqlar öz joylariga qaytadan örnatiladi, deyiladi ma'lumotda.

«Şu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda metro stansiyalardagi «yangilangan» örindiqlar töğrisida notöğri ma'lumot tarqatilib xalqning salbiy muhokamasiga sabab bölmoqda. 

Uşbu holat qayd etilgan va rasmda körsatilgan stansiyalardagi granit toşli örindiqlar hozir ham, bundan oldin ham bölmagan. Aksinça, yölovçilarga qulay bölişi uçun (işga tuşirilgan paytdan boşlab) keng yoğoç qoplamali örindiqlar örnatilgan. 

Şuni ham ma'lum qilamizki, çeklangan karantin davrida Toşkent metropolitenida ta'mirlaş, qayta tiklaş va boşqa qator bunyodkorlik tadbirlari böyiça keng qamrovli işlar amalga oşirilgan», - deyiladi xabarda.