20-karra zum, ultimativ tungi rejim, qulay dizayndagi vivo X50 modeli sotuvga chiqmoqda.

Vivo kompaniyasi X50 flagman seriyadagi 20-karra zum, ultimativ tungi rejim, qulay X-seriyali dizayndagi smartfon sotuvi boshlanganini e'lon qilmoqda. Egilgan 2,5D-displeyli yangi model ikki xil rangda sotuvga chiqadi. Bular «Moviy osmon» va «Qora ko‘zgu» deb nomlanadi.

Nozik dizayn. Shubhasiz qulaylik.

X50 smartfon egilgan displey va kamera uchun diametri bor-yo‘g‘i 3,96 mm bo‘lgan mitti tuynukcha bilan jihozlangan. Kaftda foydalanish uchun qulay joylashadi. COP texnologiyai yordamida smartfon ramkasi yanada yupqa shaklga kirgan.

Tungi tasvirga olish uchun beqiyos kamera. Tunning million jilosi

X50 smartfoni OIS tizimi va modifikatsiyalangan IMX598 matritsa bilan jihozlangan va bu jihatlar birgalikda umumiy yorug‘lik sezuvchanligini 10 foizga oshiradi. Natijada har bir tungi surat aql bovar qilmas darajada tiniq va detallashgan bo‘ladi.

Butunlay qorong‘ulikda ultimativ tungi rejim avtomatik tarzda yoqiladi va bu sun'iy ong boshqaruvchida shovqinni pasaytiruvchi yangi innovatsion algoritm yordamida ishlaydi.

Harakatdagi obektlarni tiniq suratga tushirish. Harakatdagi olamni tasvirga ol!

X50 smartfoni harakatdagi obektlarni deyarli nol darajadagi tutib turish bilan suratga oladi. Bunga parchalarni qisqartiruvchi OIS va datchik texnologiyalari uyg‘unlashuvi orqali erishiladi. Shu tarzda sakrayotgan odamning suratini yuqori darajadagi tezlik va aniqlikda suratga tushirish mumkin.

Keyingi avtofokus kadrdagi har bir obektga diqqatni jamlash imkonini beradi, hatto u ko‘rish hududidan yo‘qolib, yana paydo bo‘lgan taqdirda ham. Autozoom avtomatik masshtablash funksiyasi esa belgilangan obektni markazda tutib turadi. Bundan tashqari 3D Sound Tracking funksiyasi obektlar harakati yo‘nalishidan qat'i nazar inson nutqini kuzatib boradi.