Mobil qurilmalarning jahon bo‘ylab yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri yangi bozorda quloqchinlar va smartfonlarning ommabop seriyalarini taqdim etadi.
Dyusseldorf/London, 20 oktabr 2020 yil. – vivo, smartfonlarning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biri Yevropa bozoriga chiqayotganini e'lon qildi. Kompaniya Fransiya, Germaniya, Italiya, Polsha, Ispaniya va Buyuk Britaniyada o‘z ofislarini ochmoqda. Yangi bozorda vivo mahsulotlarining taqdim etilishi butun Yevropa bo‘ylab 9 ming kishilik auditoriya batafsil o‘rganilishi natijasi bo‘ldi.
Ilk mahsulotlar sifatida vivo Yevropa davlatlariga X51 5G, Y70, Y20s va Y11s smartofonlari hamda vivo Wireless Sport va True Wireless Earphones quloqchinlarini taklif etadi.

«Biz vivo kompaniyasi va uning mahsulotlari liniyasini Yevropada taqdim etayotganimizdan juda xursandmiz. Bu murakkab yil butun dunyo bo‘ylab kompaniyalar va odamlarning rejalarini o‘zgartirib yubordi. Shunga qaramay foydalanuvchilarga bo‘lgan sadoqatimiz o‘zgarmadi, chunki kompaniyamiz falsafasida to‘g‘ri vositalarni to‘g‘ri yaratish yotadi, – deydi vitse-prezident, vivo Yevropa shtab-kvartirasi prezidenti Denni Deng.
Kompaniya xalqaro bozorlarga chiqishi bilan vivo iste'molchilar uchun har doim talabga muvofiq innovatsion va sifatli mahsulotlar taklif etib kelgan. Dunyo bo‘ylab brendning 370 milliondan ortiq ixlosmandlari bor va aminmizki Yevropada ham mijozlar e'tiborini qozonamiz».

Matbuot anjumanida Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan kompaniya smartfonlar liniyasi va qo‘shimcha qurilmalarni tanishtirdi. Diqqat markazidagi mahsulot sifatida innovatsion asosiy kamera va professional stabilizatsiyaga ega vivo X51 5G modeli, xira yorug‘likda va harakatlanish chog‘ida ham maksimal barqaror tasvirlarni ta'minlovchi innovatsion tizimga ega mahsulot taqdim etildi.
Kompaniya, shuningdek, Y-seriyadagi avtonomlik fokusiga ega Y70, Y20s va Y11s qurilmalarni ham taqdim etdi. Y-seriya vivo kompaniyasining Yevropa bozorining barcha talablariga javob berishi tufayli asosiy mahsulot hisoblanadi. Bugungi kunda Yevropada sotilayotgan smartfonlarning 62,5 foizi 300gacha turadi.















