Biz şikoyat yöllagan deputatlar, tuman hokimi va tuman Kengaşining boşqa a'zolari bilan suhbatlaşib, vaziyatga oydinlik kiritiş maqsadida mazkur tumanga yöl oldik.

Xöjaobod tumani Andijon viloyatining sanoati havas qiladigan darajada rivojlangan, iqtisodiy körsatkiçlari yuqori, aholining iş bilan ta'minlanişi böyiça yetakçi hudud hisoblanadi.

Kelganimizdan xabar topgan deputatlar tuman hokimligiga töplandi. Hokimning faoliyatidan norozi va uning tarafida bölgan deputatlar bilan suhbatlaşdik. Tuman hokimi Otabek Rasulov bilan boğlanganimizda, ayni damda betob ekanligini aytib, örniga birinçi örinbosar Ikromjon Teşaboyev intervyu berişini aytdi.  

“Hokimning bosim ötkazişiga, haqoratlariga çidab bölmay qoldi. Respublika işçi guruhini kutyapmiz”

Prezident va yuqori organlarga murojaat yöllagan tuman Kengaşi deputatlarining holat böyiça fikrlarini tingladik.

“Biz Özbekiston Respublikasi prezidenti va boşqa yuqori organlarga tuman aholisi va deputatlar nomidan murojaat qilganmiz. Murojaatimiz ortidan hozirda viloyat prokuraturasi tomonidan örganişlar boşlandi. Senatdan aloqaga çiqişdi. Senat a'zolari bilan uçraşuv bölişi kutilmoqda. Çunki biz Xöjaobod xalqi nomidan bu tumanda bölayotgan adolatsizliklar, tuman korrupsiya öçoğiga aylanib qolganligi, xalqning quyi qismidan çiqib kelayotgan turli muammolar yeçimini örganiş maqsadida respublikadan işçi guruh söraganmiz. Işçi guruhining ham kelişi kutilyapti. Biz prezidentimiz siyosatiga işonamiz. Viloyat mutasaddilariga, kerakli taşkilotlarga işonamiz. Tuman hokimining odilona, halol iş olib borişini xohlaymiz. 

Saytingiz orqali, “Deputatlar yolğonçimi, xalq yolğonçimi, hokim yolğonçimi? Kim bu yerda öyin qilyapti?, degan savollarga javob topişga harakat qilib, vaziyatni oçiq  holda yoritişinglarni sörayman. Bizni 6 mingga yaqin fuqaromiz işonib saylagan. Prezidentimizni, xalqni işonçini oqlaşimiz kerak. Tumanda adolat örnatilişi tarafdorimiz. Boşqa heç narsani talab qilmaymiz. Yuqori idoralardan kelib, deputatlarni jalb qilib, örganiş ötkazişlarini iltimos qilib qolamiz, - deydi xalq deputatlari Xöjaobod tuman kengaşiga Navoiy saylov uçastkasidan saylangan deputat Qobiljon Mamadaliyev.