Özgarişlar natijasida kompaniya biznesi hozirgidek 17 ta emas, balki 4 ta geografik segment doirasida 9 ta yangi bölimga bölinadi. Natijada kompaniya operatsiyalarni optimallaştiradi, bir-birini takrorlovçi vazifalarni bartaraf etadi.
Kompaniya, şuningdek, işlab çiqaradigan mahsulotlari miqdorini optimallaştirib, e'tiborni iste'mol talabi nuqtayi nazaridan eng yaxşi salohiyatga ega 5 ta asosiy toifaga qaratmoqçi. Bular: Coca-Cola içimligi, turli ta'mli gazlangan içimliklar, suv, sport içimliklari, qahva va çoy, şarbatlar va sut.
“Biz özgariş sari köp yillik yölni bosib ötdik. Rejalarimizning amalga oşirilişi taşkilotda, jumladan xodimlar tuzilmasidagi özgarişlarga olib keladi”, deb aytgan kompaniya direktorlar kengaşi raisi va boş direktori Jyeyms Kuinsi.
Kompaniya kuçlar va xodimlarini qayta taqsimlaşni rejalaştirmoqda. Bu esa öz ortidan xodimlarning ixtiyoriy va majburiy böşatilişiga olib keladi. Ixtiyoriy ravişda böşaş dasturida kompensatsiya oliş imkoni közda tutilgan.
Özgarişlar dastlab 4 ming xodimni qamrab oladi, keyinroq dastur boşqa davlatlarda ham işga tuşiriladi.
Kompaniyaning xodimlarni qisqartiriş bilan boğliq xarajatlari 350 mln dollardan 550 mln dollargaçani taşkil qiladi.












