Kun.uz muxbirining xabar berişiça, press-tur davomida jurnalistlarga dastlab ruda qazib oliş jarayonidan uni to eksport qiliş yoki mahsulot işlab çiqariş uçun yönaltirişgaça bölgan jarayonlar mis metalli misolida tuşuntirib berildi.

Press-tur davomida jurnalistlarga hamrohliq qilgan kombinat matbuot xizmati rahbari Umida Qarşiboyevaga köra, kombinatdagi iş jarayonlari dastlab konlardan ruda qazib olişdan boşlanadi. Qazib olingan ruda esa mis boyitiş fabrikasiga yuboriladi.

«Mis boyitiş fabrikasiga olib kelingan rudalar boyitiş jarayonidan ötadi. Bunda rudadan konsentrat olinadi. Ya'ni ruda maydalanib, qöşimça reagentlar qöşiş orqali boyitiladi va çökma hosil qilinadi.

Hosil bölgan mis konsentrati mis eritiş zavodiga yuboriladi.

Mis eritiş zavodida elektroliz jarayoni orqali xomaki mis va toza mis katodi hosil qilinadi. Bundan qolgan qoldiqlar esa oltin işlab çiqariş uçun Oltin va kumuşni affinajlaş sexiga yuboriladi», – dedi Qarşiboyeva.

Tadbir davomida jurnalistlar yuqoridagi barça jarayonlarga bevosita zavodlarning öziga kirgan holda guvoh bölişdi.

Olmaliq kon-metallurgiya kombinati va uning özgarayotgan faoliyati haqida

1949 yilda taşkil topgan Olmaliq kon-metallurgiya kombinati 70 yildirki, öz faoliyatini barqaror uşlab kelyapti.

U Özbekistonning eng yirik, şu bilan birga mis mahsulotlarini qazib oliş va işlab çiqariş böyiça dunyodagi 30ta eng yirik korxonalar safidan joy olgan ulkan sanoat majmuasi hisoblanadi.

Bugungi kunda kombinat oçiq va yer osti konlaridan rudani qazib oliş, boyitiş va tayyer mahsulot olişgaça bölgan jarayonni özida mujassam etgan 45ta tarkibiy bölinmadan iborat.