Prezident matbuot xizmati xabariga köra, birinçi manzil Toşkent metropolitenining Yunusobod yönalişi böldi. Davlat rahbari “Bodomzor” bekatidan yangi “Turkiston” bekatigaça poyezdda borib, amalga oşirilgan işlarni közdan keçirdi.

- Bu yöl hamma narsani tezlaştiradi. Harakatni ham, iqtisodiyotni ham, hayotni ham, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Uşbu metro yönalişining ikkinçi bosqiçi qurilişi prezidentning 2016 yil 7 noyabrdagi qaroriga muvofiq boşlangan edi. Şavkat Mirziyoyev bu yerga bir neça bor kelib, işning borişi bilan tanişgandi. 

Loyihaning umumiy qiymati 103,8 million dollar bölib, qariyb 3 kilometr metro yöli hamda “Yunusobod” va “Turkiston” bekatlari barpo etilgan.

Davlatimiz rahbari mazkur bunyodkorlik işlarining tarixini yodga oldi.

- Bu yölni quriş oson bölgani yöq, - dedi prezident. - Mablağ topib, çet eldan mutaxassislar olib kelib, loyihani sinçiklab körib çiqdik. Ikki yil davomida quriliş böldi. Eng muhimi, bu transport arzon, xavfsiz, qulay.

Mutaxassislar quriliş jarayoni va sifati haqida ma'lumot berdi. Yölning 850 metr qismi yerosti suv köp joyga töğri kelgan. Şuning uçun ilgari buni amalga oşiriş imkoni bölmagan. Yangi loyihada Germaniya texnologiyasi qöllanilib, suvli joydan temir-beton tyubing qöyiş orqali ötilgan.

Yana bir ahamiyatli tomoni, metropolitenning Yunusobod yönalişi töliq bölmagani uçun rentabelligi yuqori emasdi. Bugungi kunda Yunusobod tumanida 340 mingdan ziyod aholi yaşaydi. Metro yöli uzaytirilib, yangi bekatlar qurilgani odamlarga katta qulaylik yaratdi.

Bu transport tarmoği iqtisodiyot va ekologiya jihatidan ulkan ahamiyatga ega. Xususan, mazkur ikki bekat orqali kuniga 7,5 ming yölovçiga xizmat körsatiladi. Natijada avtobuslar yönalişi optimallaşib, avtomobillar tirbandligi kamayadi. Yiliga 5,3 ming tonna zararli gaz atmosferaga çiqişining oldi olinadi.

Umuman aytganda, Toşkent metropolitenidan kuniga 240 ming yölovçi foydalanadi. Jami 21 kilometrdan iborat uçta yangi - Yunusobod, Sergeli va Qöyliq yönalişlari qurilişi natijasida yana 150 mingdan ziyod kişi qamrab olinişi rejalaştirilgan, deyiladi xabarda.