«Siz har birimizning qalbimizdasiz. Biroq sizni öz vataningizda töp surişingizni köriş baxtidan tobora uzoqlaşayotgandekmiz. Bizga öyiningizdan rohatlaniş baxtini taqdim eting va «Nyuells Old Boyz» klubimizga öting. Bu sizning klubingizdir», — deya mamlakat rahbarining sözlarini keltiradi Marca.
Eslatib ötamiz, Messi «Barselona»ni tark etiş haqidagi qarorini klub rahbariyatiga ma'lum qilgan. Xabarlarga köra, argentinalik 33 yoşli futbolçiga «Mançester Siti» klubi asosiy da'vogar sanalmoqda.
Avvalroq, «Mançester Siti» boş murabbiyi Xosep Gvardiola Messi bilan uçraşiş uçun Barselonada ekanligi haqida xabar berilgandi. Bugun, 30 avgust kuni Messi klubning belgilangan tibbiy körigiga taşrif buyurmagan.












