Jamiyat | 11:00 / 31.08.2020
6012
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Dream City Development kompaniyasi ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini vatanimiz Mustaqilligining 29 yilligi bilan tabriklaydi!

Dream City Development kompaniyasi rahbariyati va xodimlari vatandoshlarimizni davlatimizning asosiy bayrami – O‘zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni bilan samimiy muborakbod etadi va har bir oilaga sihat-salomatlik, farovonlik, ulkan muvaffaqiyatlar va mamlakatimiz ravnaqi yo‘lidagi ishlariga yutuqlar tilaydi.

Qisqa muddat ichida davlatimiz murakkab, ammo muvaffaqiyatli shakllanish va mustaqil taraqqiyot yo‘lidan o‘tishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa xalqimizning bukilmas qaddi va qat'iyati, har qanday tarixiy bosqichdagi irodasi, mehnatsevarligi va insonparvarligidan dalolat beradi.

Hamjihatlik, farovonlik, salohiyat va izlanishlar bilan yangi bilimlar sari intilish, mamlakatimiz taraqqiyotning yuqori darajasiga ko‘tarilib, xalqaro obro‘-e'tibor va jahon siyosiy maydonida tan olinishiga imkon beradi.

Muhtaram yurtdoshlarimizning har kuni baxt va quvonchga to‘lsin. Maqsad, orzular ro‘yobini, rejalari muvaffaqiyatini tilaymiz. Hayotdagi har qanday mashaqqat va qiyinchiliklarni mardonavor yengib, kuchingizga kuch qo‘shilib kelajakka bo‘lgan ishonchingiz orsin.

Shuningdek, millat salomatligi va farovonligi uchun bir necha oy davomida o‘zlarini va sog‘lig‘ini qurbon qilayotgan shifokorlar, favqulodda vaziyatlar xizmatchilarini va ko‘ngillilarni yana bir bor yodga olamiz va ularga minnatdorchilik bildiramiz.

Buyuk Vatanimiz va uning xalqiga tinchlik, osoyishtalik va musaffo osmon hamroh bo‘lsin!

Dream City Development kompaniyasi.

Sayt: www.dreamcity.uz

Telegram: t.me/dreamcityuz

Facebook: fb.com/dreamcity.uz

Instagram: @dreamcity.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid