Mercedes jamoasi poygaçisi, amaldagi çempion Lyuis Hemilton “Formula-1” poygalarining Belgiyada ötgan 7-bosqiçida ğalaba qozondi.
Uning jamoadoşi Valtteri Bottas marrani ikkinçi bölib kesib ötdi. 3-örinni Red Bull poygaçisi Maks Ferstappen egalladi.
Poygaçilar poyga oldidan 2019 yil avgustda avariya oqibatida halok bölgan fransuz poygaçisi Antuan Yuber xotirasini yod olişdi.
Poyganing keyingi bosqiçi Italiyada 4-6 sentabr kunlari bölib ötadi.
Umumiy jadvalda Hemilton 157 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. 2-örinni 110 oçko bilan Ferstappen egallamoqda.












