Lionel Messining «Barselona»dan ketişi tarixida dam oliş kunlari yangi burilişlar röy berdi. «Messigeyt» nomini olib ulgurgan bu iş tinçlik bilan tugamaydigan körinadi — barçasi oğir sud jarayonlariga qarab bormoqda. Tomonlardan birortasi yon berişni xayoliga keltirayotgani yöq.

30 avgust, yakşanba kuni «Barselona» futbolçilari tibbiy körikdan ötiş va maşğulotlar arafasida koronavirusga test topşiriş uçun klub bazasida töplanişdi — mavsumlar oraliğidagi ilk maşğulot duşanba kuniga belgilangan. Ammo Messi bazada köriniş bermadi. Körinib turibdiki, u klub maşğulotlarida ham iştirok etmoqçi emas.

Messini baza atrofida nafaqat jurnalistlar, balki muxlislari ham besamar kutişdi

Bu media-bomba sifatida qabul qilinmadi — argentinalik futbolçi bunday yöl tutişi oldindan kutilgandi. Avvalgi kunlarda klub va futbolçi byurofaks orqali bir neça bor xabar almaşdi — endigi muloqotlar harakatlar vositasida keçmoqda. (Byurofaks 1990-yillardan qöllana boşlagan ofis agregati bölmiş faksga aloqador emas. Byurofaks — maxsus xizmat bölib, bu xizmat Ispaniya poçta xizmati tomonidan körsatiladi. Bu xuddi xabarnoma yetkazib berişga öxşaydi. Hujjatlar texnik jihatdan elektron poçta orqali yuborilişi ham mumkin, xususan, Messi bilan boğliq holatda PDF formatida. Gap şundaki, qabul qiluvçi tomon jönatmani qabul qilganini rasman tasdiqlaydi. Bundan taşqari, byurofaks orqali yuborilgan qoğozlar sudda dalil sifatida qabul qilinişi mumkin).

Kataloniyadagi Sport naşrining yozişiça, şanba kuni Messi «Barselona» ofisiga byurofaks yuborgan, unda klubni tibbiy körikka va test topşirişga kelmasligi haqida ogohlantirgan, klub bilan şartnomani bekor qiliş niyati borligi va kelişuvni buziş huquqiga egaligini ta'kidlagan. Şuningdek, klub prezidenti Jozep Bartomeu bilan uçraşiş va şartnomani bekor qiliş şartlarini muhokama qiliş istagi haqida bildirgan. Ha, Messi endi özini «Barsa» futbolçisi deb hisoblamayapti, ammo u çiroyli ketişni istamoqda.

Bunga javoban bir neça soat ötib yuborilgan byurofaksda klub argentinalik futbolçiga şunday degan: u hamon «Barselona» futbolçisi, uning amaldagi şartnomasi mavjud, demak u yakşanba kungi tibbiy körikka kelişi kerak.

Messi kelmagaç, kataloniyaliklar unga nisbatan intizomiy sanksiyalar qöllaş huquqiga ega hisoblanadi. Holbuki, bu futbolçini qörqitişi dargumon, u özining yuridik jihatdan haqligiga şubha qilmayapti.

Bu vaqtda Messining şartnomasidagi maxsus punkt böyiça turli tafsilotlar paydo bölmoqda. Şartnomadagi öşa bandga köra, futbolçi istalgan mavsum oxirida şartnomani bir tomonlama bekor qilişi mumkin, ammo bu haqda oldindan ogohlantirişi lozim. «Barselona» rahbarlari ogohlantiriş kerak bölgan X kun sifatida 10 iyunni körsatişmoqda, argentinalik futbolçi va uning huquqşunoslari esa bu kun faqat mavsum butunlay yakunlangaç kelişini aytib, ogohlantiriş kerak bölgan sönggi kun sifatida 30 avgustni körsatişgan.

The Athletic naşri batafsil material e'lon qildi, unda sport va mehnat huquqi böyiça yetakçi ispan huquqşunoslari şartnomaning uşbu bandini muhokama qilişgan. Ekspertlarning fikriça, bu vaziyatda qonun klub tomonida böladi, Messida esa klubni erkin agent sifatida tark etiş imkoniyati yöq.

Ammo Cadena Ser radiostansiyasining El Larguero dasturi jurnalistlari yangi tafsilotlarni keltirdi, agar bu gaplarda asos bölsa, iş taqdirini özgartiradi. Ularning talqiniga köra, Messi 2017 yilda «Barselona» bilan «3+1» sxemasida şartnoma imzolagan va 2020/21 yilgi mavsum aynan «+1» böladi. Ammo 700 million yevrolik badal puli nazarda tutilgan punkt faqat dastlabki uç mavsum uçun taalluqli bölgan, törtinçi - «+1» mavsum uçun emas. Şunday ekan, Messi «Barsa» bilan şartnomani heç qanday tovon pulisiz bekor qilişi mumkin böladi.

Şu bilan birgalikda, Sport naşri klubdagi manbasiga asoslanib, «Barselona»dagilarning 700 million yevrolik badal puli 2021 yil yoziga qadar amalda bölişiga işonçi komil. Cadena Ser jurnalisti Sike Rodrigesning yozişiça, «Barsa» xodimlariga qat'iy körsatma berilgan, unga köra Messi transferi haqida heç kim bilan heç qanday muzokaralar ötkazilmasligi, futbolçiga qiziqiş bildirayotgan klublarning qönğiroqlariga javob berilmasligi belgilangan. Şuningdek, taniqli jurnalist Gilem Balage Bartomeu argentinalik futbolçi va uning otasi bilan faqatgina yangi şartnoma böyiça uçraşişi mumkinligini yozgan.

Körinib turibdiki, ikki tomon ham oxirigaça bormoqçi va aslo çekinmoqçi emas. Qiziq, iş Sport arbitraj sudigaça yetib borarmikin yoki tomonlar qandaydir murosaga kelişarmikin? Balagening fikriça, boşqa variant ham bölişi mumkin — Messi şartnomani buzadi va yangi klub bilan şartnoma tuzadi, «Barselona» uni sudga beradi va işni yutib çiqadi, ammo jarima miqdori 700 million yevrodan ança kam böladi. Ammo bu örinda haddan taşqari köp yuridik nozikliklar bor va FIFA yoki sport arbitraj sudi masalaga qanday qaraşi aniq emas.

Bu vaqtda La Liga Messining 2021 yilgaça tuzilgan şartnomasi hamon kuçda ekani va badal puli tölanmagunça kuçini yöqotmasligini bildirdi.

«Şartnoma hamon amal qilmoqda, kelişuvda Messi bir tomonlama kelişuvni bekor qilib, klubdan ketişga qaror qiladigan holat uçun alohida tovon puli qança bölişi aniq körsatib qöyilgan», – deyilgan La Liga bayonotida. 

Umuman, voqealar rivojini kuzatişda davom etamiz.