Jumladan, mamlakat transport vaziri Xudoyor Xudoyorzodani lavozimidan ozod etiş töğrisidagi farmon imzolangan. Xudoyorzoda nafaqaga çiqarilgan.
Avvalroq, 62 yoşli Xudoyor Xudoyorzoda öz joniga qasd qilmoqçi bölgan, ammo qarindoşlari uni qutqarib qolgan edi.
Tojikiston prezidenti matbuot xizmati xabariga köra, boş vazir örinbosari Azim Ibrohim Xudoyorzodaning örniga Transport vaziri lavozimiga tayinlangan.
1962 yil 1 martda Xatlon viloyati Mir Said Ali Hamadoni tumanida tuğilgan Azim Ibrohim oliy ta'limni Özbekistonda olgan. U 1984 yilda Toşkent davlat texnika universitetini imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Aziz Ibrohim 2013 yil 23 noyabrda mamlakat prezidentining farmoni bilan Tojikiston boş vaziri örinbosari etib tayinlangan va şundan buyon şu lavozimda işlab kelayotgandi.
Bundan taşqari, Tojikiston prezidenti mamlakatning Xitoy va Saudiya Arabistonidagi elçilarini ham almaştirgan.
Parviz Davlatzoda boşqa işga ötişi munosabati bilan Tojikistonning Xitoydagi va bir vaqtning özida Vetnamdagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimidan ozod etilgan. Uning örnini Saidzoda Zohir Ozod egallagan.
Tojikistonning Saudiya Arabistonidagi elçisi va bir vaqtning özida Islom hamkorlik taşkilotidagi doimiy vakili Zarobiddin Qosimiy lavozimidan böşatilib, Tojikistonning Misrdagi elçisi etib tayinlangan.
Karim Akram Muhammadrasul esa uning örniga Tojikistonning Saudiya Arabistonidagi elçisi etib tayinlangan.













