1 sentyabrda 2011 ES4 asteroidi Yer yaqinidan uçib ötadi. Bu haqda AQŞning NASA koinot agentligi saytida ma'lum qilindi.

Agentlikning xabar berişiça, asteroid Yerga Toşkent vaqti bilan 1 sentabr soat 21:12da yaqinlaşişi kutilmoqda. Ölçami 22 metrdan 49 metrgaça bölgan uşbu samo jismi sayyoramizga 120 ming km masofagaça yaqinlaşadi. Taqqoslaş uçun şuni keltiriş mumkinki, Oydan Yergaça masofa 384,4 ming kmni taşkil qiladi. Samo jismining uçiş tezligi 8,16 km/soniyani taşkil qiladi.

Asteroid 2011 yil 2 martda kaşf qilingan. U “Apollon” asteroidlar guruhiga kiradi, ularning uçiş yöli Yer orbitasi bilan kesişadi. 

Avvalroq, NASA 3 noyabrga belgilangan AQŞ prezidenti saylovlari arafasida Yerga 2018 VP1 asteroidi yaqinlaşişi haqida xabar qilgandi. Samo jismi 2 noyabrda Yerdan 419 ming km uzoqlikda uçib ötadi. Asteroid ölçami maktab avtobusidan kiçikroq bölib, xavfli deb topilmagan, çunki samo jismi trayektoriyasining kompyuter modeli kelgusida uning sayyoramiz bilan töqnaşmasligini körsatgan.