Xitoy armiyasi AQŞ qurolli kuçlaridan uç sohada özib ketgan. Bu haqda Pentagonning Xitoy armiyasi holati haqida kongress uçun tayyorlagan har yillik ma'ruzasida aytilgan.
Ta'kidlanişiça, Xitoy öz kemasozligining jadalligi va flotining yirikligi böyiça AQŞni ortda qoldirgan. Pentagon ma'lumotlariga köra, Xitoy floti 350 ta suv usti va suv osti kemasiga ega. AQŞ flotida esa 293 ta kema bor.
Pentagon Xitoy armiyasining quruqlikdagi qanotli va ballistik raketalar hamda havo hujumiga qarşi integratsiyalaşgan tizimlar borasida ustunligini ham tan oladi. Ma'ruzada ta'kidlanişiça, Xitoy katta masofalarga möljallangan zamonaviy “yer – havo” tizimlarining eng yirik guruhlaridan biriga ega. Bu köp jihatdan Xitoy armiyasining Rossiyaning S-300 va S-400 tizimlariga egaligi bilan boğlangan.
Şuningdek, Xitoy 500 kmdan 5,5 ming kmgaça ta'sir doirasiga ega 1250 tadan köproq raketaga ega. Bu orada AQŞda 70 kmdan 300 kmgaça ta'sir doirasiga ega raketalargagina bor, çunki u Örta va kiçik masofalarga möljallangan raketalarni ta'qiqlaş haqidagi şartnoma tufayli bunday turdagi raketalarni işlab çiqa olmagan.
Ma'ruzada ma'lum qilinişiça, Xitoy oxirgi 20 yil içida öz armiyasini barça jihatlar böyiça mustahkamlaş va modernizatsiya qiliş uçun barça zaxiralari, texnologiyalari va siyosiy irodasini safarbar qilgan. Pentagonning fikriça, Pekin XX asr örtalariga kelib AQŞ qurolli kuçlariga teng yoki ba'zi holatlarda undan ustun armiyani taşkil etişga intilmoqda.
Avvalroq AQŞ milliy razvedkasi direktori Jon Retkliff Xitoy AQŞ milliy xavfsizligiga Rossiyadan köproq xavf solişini aytgan. Uning ta'kidlaşiça, Rossiya ham AQŞga jiddiy xavf soladi, biroq Xitoy tomonidan xavf jiddiyroq hisoblanadi.












