Prezident Şavkat Mirziyoyev 2 sentabr kuni Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulçambar qöyib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Davlat rahbarining 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, 2 sentabr sanasi Birinçi Prezident Xotirasi kuni sifatida nişonlanadi. Mamlakatimiz tarixini, Islom Karimov xizmatlarini e'zozlaş xalqimizga, yoşlarimizga ma'naviyat yetkazadi.

Şavkat Mirziyoyev Özbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma töqqiz yilligiga bağişlangan nutqida Birinçi Prezidentimiz boşçiligida qölga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzumizni amalda ta'minlagan olamşumul voqea ekanini ta'kidladi.
Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma'rifiy yodgorlik majmuasida Qur'on tilovat qilindi.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunçilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatçiligi vakillari ham monument poyiga gullar qöydi.
Islom Karimovning Samarqand va Qarşi şaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qöyildi.


















