Zoom videokonferensiyalar servisi asosçisi Erik Yuanning boyligi 24 soat içida 6 mlrd dollarga köpayib, 23 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

 Kompaniya daromadi rekord miqdorda ösgani töğrisida hisobot e'lon qilganidan söng Yuanning boyligi miqdori keskin oşdi. Ikkinçi çorakda Zoom 663,5 mln dollar daromadga ega bölgan, bu ötgan yilning şu davridagiga nisbatan 355 foizga köproqdir. Hisobot e'lon qilinganidan keyin Zoom aksiyalari narxi 40 foizdan ortiqroqqa qimmatlaşdi, Yuan esa servisning 50 mln donadan köproq aksiyasiga ega.

 Bloomberg agentligining qayd etişiça, iyulda Amazon asosçisi Jyeff Bezosning boyligi bir sutkada 13 mlrd dollarga, Tesla asosçisi Ilon Maskning boyligi esa 8 mlrd dollarga köpaygandi.

 Zoom koronavirus pandemiyasi darajada ommalaşdi, masofadan işlaydiganlarning köpçiligi uşbu servisdan foydalana boşladi.