Logotipda Los-Anjyelesni bildiruvçi LA harflari va 28 soni tasvirlangan. L va 28 qora rangda tasvirlangan, A harfi esa 26 xil körinişda özgaradi. Bu şaharning taniqli odamlari tarixini ifodalaydi.

Logotipning variantlari mualliflari orasida qöşiqçi Billi Ayliş, aktrisa Riz Uizerspun, figurali uçuvçi Adam Rippon, futbolçi Aleks Morgan, sprinterlar Ellison Feliks va Maykl Jonson, snoubordçi Xloya Kim va suzuvçi Simone Manuel bor.

Yozgi Olimpiada uçinçi marta Los-Anjyelesda bölib ötadi. Şahar 1932 va 1984 yillardagi Olimpiadalarni ham qabul qilgan.

Bir yil avval Parijda ötadigan 2024 yilgi yozgi Olimpiada ramzi taqdim etilgandi. U medal, Olimpiya maş'alasi va Fransiyaning eng taniqli ayoli – Fransiya ramzlaridan biri va “Erkinlik, Tenglik, Birodarlik” milliy şiori timsoli hisoblangan Marianna yuzini özida birlaştirgan.