Apple kompaniyasi joriy yilda yangi mahsulotlari taqdimotini ikkiga bölib ötkazmoqçi. Dastlab yangi iPhone’ning ikkita hamyonbop 5,4 va 6,1 dyuymli versiyalari çiqadi. Smartfonlar alyumindan işlangan korpus oladi. Keyinroq smartfonning 6,1 va 6,7 dyuymli versiyalari çiqadi. 6,7 dyuymli displey kompaniya öz smartfonlarini jihozlagan eng katta displey böladi. Qurilmalar A14 protsessorida işlaydi.
Kompaniya hammasi bölib yil oxirigaça yangi qurilmalaridan 75 mln dona sotişni rejalaştirmoqda.
Bundan taşqari, kompaniya kuzda ikkita yangi planşet - iPad Air va Pröni, yangilangan Apple Watch soatlarini taqdim etadi.












