Advokatning ma'lum qilişiça, himoyasi ostidagi şaxsni jinoyat işida ayblanuvçi tariqasida jalb etiş va ehtiyot çorasi sifatida qamoqqa oliş uçun yetarli asoslar bölmagan. Şu sababdan u tergov organining qarori bilan qöyib yuborilgan

Eslatib ötamiz, may oyida Söx tumanida bölib ötgan ommaviy tartibsizliklar ortidan qözğatilgan jinoyat işi doirasida bir neça kişi hibsga olingani haqida xabar berilgandi.

Keyinçalik ular orasida boş vazir bilan uçraşuvda viloyat hokimi Şuhrat Ğaniyevning iste'fosini söragan bloger Haydarjon Bobohaydarov ham borligi ma'lum böldi.

29 avgust kuni Gazeta.uz saytida e'lon qilingan materialda blogerning otasi öğli 22 avgust kuni vertolyotda «boşiga qop kiydirib» olib ketişgani haqida aytdi.

30 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda blogerning onasi Aziza Eraliyeva videomurojaat qilib, prezidentdan farzandini afv etişni söradi.

31 avgust kuni Boş prokuratura Haydarjon Bobohaydarovning hibsga olingani haqida axborot berdi. Unda Bobohaydarov jinoyat işi böyiça gumon qilinuvçi tariqasida işga jalb qilinib, Jinoyat protsessual kodeksining 226-moddasi (uşlab turilganlarni saqlaş joylari) tartibida uşlangani aytildi.