Hujjat Vazirlar Mahkamasining 29.04.2019 yildagi «Vakolatli iqtisodiy operator institutini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida»gi 363-son qaroriga muvofiq qabul qilingan.
 
Norma’ning yozişiça, tasdiqlangan Vakolatli iqtisodiy operatorlar töğrisidagi nizomga muvofiq 29.04.2019 yildagi 363-son VMQning 2-bandi va unga ilova öz kuçini yöqotadi.
 
Nizomda belgilanişiça, vakolatli iqtisodiy operator – bojxona operatsiyalarini amalga oşirişda soddalaştirilgan bojxona tartib-taomillaridan foydalaniş uçun uşbu Nizom talablariga javob beruvçi yuridik şaxslarga beriladigan maqom.
 
Operator Vakolatli iqtisodiy operatorlar reyestriga kiritilgan vaqtdan boşlab xavf darajasi past bölgan toifaga kiradi.
 
Davlat boşqaruvi va mahalliy hokimiyat organlari operator böla olmaydi.
 
Vakolatli iqtisodiy operatorlarga beriladigan guvohnoma uç turga bölinib, bojxona operatsiyalarini amalga oşiriş uçun maxsus soddalaştirişlardan foydalaniş huquqini beradi.
 
Çunonçi, birinçi turdagi guvohnoma quyidagi huquqlarni beradi:

  • tovarlarni deklaratsiyalaş va çiqariş bilan boğliq bojxona operatsiyalarini birinçi navbatda amalga oşiriş;
  • operator tomonidan taşiladigan tovarlarga nisbatan tovarni taşiş yönalişini belgilamaslik;
  • bojxona tölovlari tölanişi ta'minlanmagan holda, tovarlarni operatorning transport vositasida jönatuvçi bojxona organidan tovar kelib tuşadigan joygaça bojxona tranzitini amalga oşiriş yöli bilan yetkazib beriş;
  • eksportga jönatiladigan operatorning tovarlari yuklangan transport vositalarining yuk xonalari (otseklari) yoki ularning bir qismiga operator tomonidan qöyilgan plombalarni bojxona xizmati organlari tomonidan identifikatsiya vositalari sifatida tan olinişi;
  • bojxona xizmati organlari tomonidan vaqtni qisqartiriş va bojxona operatsiyalarini ötkaziş tartibini optimallaştirişga qaratilgan tajriba loyihalarida ustuvor iştirok etiş;
  • bojxona tölovlari tölanişini 50 foizga ta'minlagan holda, bojxona tölovlarini bölib tölaş va (yoki) muddatini 20 iş kunigaça keçiktirgan holda operatorning tovarlarini erkin muomalaga çiqariş.

Nizomda ikkinçi va uçinçi turdagi guvohnomalarning sohiblari haqli bölgan maxsus soddalaştirişlarning turlari ham sanab ötilgan.
 
Guvohnoma yuridik şaxs reyestrga kiritilgan kundan boşlab kuçga kiradi. Guvohnomani boşqa şaxslarga beriş taqiqlanadi.
 
Nizomda quyidagilar ham qayd etilgan:

  • reyestrni şakllantiriş qoidalari, unga kiritiş uçun tanlaş mezonlari;
  • reyestrga kiritiş töğrisida ariza beriş va uni körib çiqiş tartibi;
  • bojxona operatsiyalarini amalga oşiriş uçun maxsus soddalaştirişlar turlari;
  • operator maqomini töxtatib turiş va qayta tiklaş;
  • operatorlarni reyestrdan çiqariş tartibi;
  • operatorning huquq va majburiyatlari;
  • operator faoliyatini nazorat qiliş qoidalari;
  • davlat bojxona xizmati organlarining operatorlar bilan özaro hamkorligi.

Davlat bojxona qömitasiga ilğor xorijiy tajribani örgangan holda vakolatli iqtisodiy operatorlar institutini takomillaştiriş yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga doimiy ravişda takliflar kiritib boriş vazifasi topşirildi.
 
Hujjat 26.11.2020 yildan kuçga kiradi.