Snouden aynan şu ma'lumotni oşkor qilgani uçun AQŞni tark etişga majbur bölgan va Rossiyada siyosiy boşpana olgan. 

U tomonidan oşkor qilingan maxfiy hujjatlarda nafaqat AQŞ fuqarolari ortidan yoppasiga kuzatuv olib borilgani, balki yana 60 ta davlatda milliard nafardan köproq odam kuzatuvda bölgani haqida ma'lumot bölgan. Öşanda Snouden uşbu ma'lumotni oşkor qilgani uçun davlatga xiyonat qilişda ayblanib, AQŞni tark etişga majbur bölgan. 

Sud çiqargan qarorda Snouden haqida heç narsa aytilmagan, biroq AQŞ Milliy xavfsizlik agentligi odamlar ortidan kuzatuv olib borgani va bu konstitutsiyaga zid bölgani ta'kidlab ötilgan.

“7 yil avval yangiliklarda meni haqiqatni gapirganim uçun jinoyatda ayblaşgani aytilganda, sudyalarimiz Milliy xavfsizlik agentligi faoliyatini noqonuniy deb topişlarini va buning foş qilinişida mening xizmatimni tan olişlarini tasavvur ham qilmagandim”, deb izoh bergan uşbu qarorga Snouden tvitterda.

Milliy xavfsizlik agentligining AQŞ fuqarolari telefon qönğiroqlari ortidan kuzatuv olib boriş dasturi 2015 yilda kongress qarori bilan töxtatilgan.