Vazirlar Mahkamasining Davlat bojxona qömitasining “Tibbiy markazi” davlat muassasasini taşkil etiş töğrisidagi farmoyişi loyihasi e'lon qilindi.
Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambağallikni qisqartiriş vazirligi hamda Moliya vazirligining Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasining “Tibbiy markazi” davlat muassasasini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.
Muassasa Toşkent şahar, Çilonzor tumani 5-mavze, Quriliş köçasi, 5-uy manzilida joylaşgan Davlat bojxona qömitasining Bojxona instituti tasarrufidagi binolar majmuasiga tekin foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.
Muassasa faoliyatining asosiy maqsadi – zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiy diagnostika asbob-uskunalaridan foydalangan holda, davlat bojxona xizmati organlari xodimlari va pensionerlari, ularning oila a'zolari hamda kursantlarga imtiyozli, aholiga pullik tibbiy xizmatlarni körsatiş etib belgilanadi.
Belgilanişiça:
Muassasa direktori Davlat bojxona qömitasi raisining buyruği asosida lavozimga tayinlanadi va ozod etiladi;
Muassasa taşkiliy tuzilmasi Davlat bojxona qömitasi tomonidan Soğliqni saqlaş vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi.
Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi bir oy muddatda:
Muassasa Ustavini tasdiqlaydi, şuningdek, uning davlat röyxatidan ötkazilişini;
Muassasaning taşkiliy tuzilmasi va ştatlar jadvali tasdiqlanişini ta'minlaydi.
Özbekiston Respublikasi Davlat bojxona qömitasi Muassasa moddiy-texnika bazasini şakllantiriş hamda malakali kadrlar bilan jamlaş çoralari köriladi.
Muassasa faoliyatini moliyalaştirişning asosiy manbalari etib quyidagilar belgilanadi:
- pullik xizmatlar körsatilişidan tuşadigan mablağlar;
- jismoniy va yuridik şaxslarning homiylik mablağlari;
- xalqaro moliya institutlari va taşkilotlarning grantlari;
- Davlat bojxona qömitasining budjetdan taşqari mablağlari;
















