Reytingdan qöşiqçilar, sportçilar, aktyorlar va boşqa maşhur kişilar joy olgan. 1-örinni model va tadbirkor Kayli Jyenner egallagan. Kylie Cosmetics kompaniyasi asosçisi öziga tegişli aksiyalarning 51 foizini sotiş orqasidan 590 mln dollar işlab topgan.

2-örinni Kayli Jyennerning opasi Kim Kardaşyanning turmuş örtoği, reper Kane Uest egallagan. Uning bir yillik daromadi 170 mln dollarni taşkil qilgan. Reper bu daromadning katta qismini özining Yeezy brendi ostida çiqqan krossovkalarining muvaffaqiyatli sotilişidan olgan.

Yetakçi uçlikka tennisçi Rojyer Federer ham kirgan. Sportçining bir yillik daromadi reklama şartnomlari evaziga 106,3 mln dollarni taşkil qilgan.

Yetakçi önlikdan, şuningdek, futbolçilar Kriştianu Ronaldu (105 mln dollar) va Lionel Messi (104 mln dollar), aktyor Tayler Perri (97 mln dollar), futbolçi Neymar (95,5 mln dollar), amerikalik tele- va radioboşlovçi Govard Stern (90 mln dollar), basketbolçi Lebron Jyeyms (88,2 mln dollar) va aktyor Dueyn Jonson (87,5 mln dollar) örin olgan.