Test sinovlari 3ta sektorda: «Xorazm» sport majmuasi asosiy va qöşimça maydoni, şuningdek, «Yoşlik» sport majmuasi maydonida ötkazilmoqda.

Sinovlar 2 smenada taşkil qilingan: 1-smenada soat 8:00dan 11:00gaça, 2-smena soat 17:00dan 20:00gaça.

Abituriyentlarni test ötkaziladigan hududga kiritişda ijtimoiy masofani saqlaşga e'tibor qaratilmoqda.

Qizlar alohida ajratilgan maxsus joylarda tekşirilib, keyin içkariga kiritilmoqda.

Abituriyentlarning buyumlari, sumkalari va boşqa narsalari maxsus joyda saqlab turiş uçun olib qolinyapti.

Test ötkaziladigan hududga kiriş joylarida videokameralar örnatilgan. U abituriyentning yuzi orqali identifikatsiya qiluvçi Face-ID tizimiga ulangan. Bu tizim orqali begona şaxslarning test imtihoniga kirişiga yöl qöyilmaydi.

Abituriyentlarga yangi niqob, tibbiy qölqop va şapka berilmoqda.

Hududda köplab videokameralar örnatilgan. Ular orqali test jarayoni maxsus xodimlar tomonidan kuzatib borilmoqda.