Ma'lum bölişiça, bugun, 3 sentabr kuni «Özdavkarantin» hamda Buyuk Britaniya atrof-muhit, oziq-ovqat va qişloq xöjaligi vazirligi (DEFRA) vakillari iştirokida videokonferensiya tarzida muloqot taşkil qilingan.
Muloqotda fitosanitariya sohasida özaro manfaatli hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
«Videokonferensiya doirasida Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlarini Buyuk Britaniya bozorlariga olib kiriş uçun qöşimça fitosanitariya ruxsatnomalarini beriş va inspeksiyaning ilmiy salohiyatini mustahkamlaş böyiça muzokaralar olib borildi.
Ta'kidlaş kerakki, Buyuk Britaniya tomoni Özbekistonda fitosanitariya sohasida olib borilayotgan islohotlarni ijobiy baholadi. Xususan, sönggi yillarda bu sohada erişilayotgan natijalarga töxtalinib, Özbekistonning Xalqaro ösimliklarni himoya qiliş konvensiyasiga qöşilişi, milliy standartlarni xalqaro standartlar bilan uyğunlaştirilgani va bu orqali mamlakatimizda Ösimliklar karantini sohasining yangi bosqiçga kötarilgani alohida ta'kidlandi», – deyiladi xabarda.
Ma'lum bölişiça, onlayn muloqot yakunida britaniyalik mutaxassislarning Özbekistonda qöllaniladigan fitosanitariya çoralari böyiça taqdim etilgan ma'lumotlarni örganiş natijalariga köra, anor, gilos, olxöri, nektarin, şaftoli, xurmo, olma, nok, uzum, limon, aççiq qalampir va pomidor singari jami 12 ta mahsulotni Buyuk Britaniya bozorlariga eksport qiliş mumkinligi aytilgan.
Ma'lumot uçun, har bir eksportyor Özbekiston mahsulotlarini Buyuk Britaniyaga olib kiriş uçun ReASN – Buyuk Britaniya boğdorçilik inspeksiyasi veb-saytida röyxatdan ötişi kerak böladi.
Muzokaralar yakunida Özbekiston hududlarida ösimliklar karantini laboratoriyalarini taşkil etiş uçun grantlar ajratilişi masalalari ham körib çiqildi.
Bundan taşqari, ilmiy fitosanitariya sohasida ham ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yölga qöyiş böyiça kelişib olindi.












