Davlat test markazi 3 sentabr kungi sinovlar böyiça axborot berdi.

«Respublikadagi 65ta obektda (48 ta stadion va 17 ta xiyobonda) test sinovlari 1-smenada soat 08:00da boşlanib, 11:00da tugadi va 2-smenada 17:00da boşlanib, 20:00da tugadi.

Namangan viloyatida ob-havo tufayli 2-smenada imtihon soat 18:30 da boşlanib, 21:30 da tugadi.

Test sinovlarida bir kunda iştirok etişi rejalaştirilgan 117 919 nafar abituriyentdan 112 103 nafari – 95,1 % qatnaşdi.

6 nafar abituriyentning tana harorati 37 ⁰C dan yuqori bölgani sababli ularga iştirok etişga ruxsat berilmadi.

Jami 5 695 nafar abituriyent test sinoviga kelmadi.

40 nafar abituriyent hududga kiriş joyida: 28 nafari telefon, 3 nafari şpargalka, 9 nafari boşqa abituriyent örniga kirmoqçi bölgani uçun çetlatildi.

75 nafar abituriyent imtihon jarayonida: 62 nafari telefon va elektron qurilmalar, 7 nafari şpargalka, 4 nafari test materiallarini olib çiqib ketişga harakat qilgani, 2 nafari boşqa şaxsning örniga kirgani uçun çetlatildi.

Namangan, Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlarida boşqa abituriyent örniga kirmoqçi bölgan 6 nafar «soxta abituriyentlar» jarayondan çetlatilib, Içki işlar vazirligi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda çoralar körildi.

Test sinovlarini ötkaziş jarayonida heç qanday köngilsiz hodisalar röy bermadi», – deyiladi DTM axborotida.

Ayni paytga kelib, abituriyentlar Davlat test markazi saytidagi şaxsiy kabinetiga kiriş orqali qança ball töplaganini bilişlari mumkin.

Test natijalarini qanday biliş mumkin?

Abituriyentlar öz natijasini biliş uçun ruxsatnomasining pastki öng burçagida QR kod ostiga maxsus havola (link) oçib, test natijasi körişi mumkin.

QR kodni qanday öqiş mumkin?

1) Hozirgi zamonaviy smartfonlarning deyarli barçasida QR kodni öqiş uçun telefon kamerasining özi kifoya qiladi. Alohida qanaqadir dastur örnatiş şart emas. Şunçaki telefon kamerasini yoqing va abituriyent ruxsatnomasining pastki qismidagi QR kod ustiga kamerani olib boring. Şunda telefon ekranida yozuv paydo böladi va abitur.dtm.uz saytidagi maxsus uzun havola çiqib keladi. Öşa havolani brauzer orqali oçsangiz, natijani köriş mumkin böladi.