«Heç bir futbolçi klubdan kattaroq emas» - «Barselona»ning «otasi» Yoxan Kroyfning bu sözlari şubhasiz, «Kamp Nou»ning qaysidir xonasiga osib ham qöyilgandir. Ammo Messi bilan boğliq holatlar buning aksini isbotlagandek böldi, birgina futbolçining bayonoti hammasini ostin-ustun qilib yubordiki, hatto Bartomeu iste'foga çiqişi, saylovlar qayta ötkazilişi kabi katta voqealar röy berişina bir baxya qoldi. Rostan ham Messi kattaroqmi?

Bir tomondan, ha, çunki, Messi dunyoning eng yaxşi futbolçisi, mayli, ikkitadan bittasi, «Barselona» esa, sönggi öyinini 2:8 hisobida yutqazdi, ya'ni eng kuçli klub emas, ikkitadan bittasi ham emas.

Boşqa tarafdan, yöq, Messi «Barselona»dan emas, bugungi rahbariyatdan kattaroq ekani namoyon bölmoqda, xolos. Çunki Messi heç qanday şart qöygani yöq, nimanidir boşqarişga urinmadi, murabbiy tanlamadi - şunçaki, jamoani tark etişni xohladi, xolos. Judayam tabiiy bölgan xohiş, zero «Barselona» avlodlar almaşinuviga muhtoj, balki bir-ikki yil qayta quriş işlari bölar - bu vaziyatda, yana biroz şubhali bölgan Ronald Kuman bilan amalga oşişi mumkinligiga işonçsizlik, futbolçining 33 yoşga kirib, faoliyatining sönggi yillarida kuçliroq jamoada, balki boşqa çempionatda sovrinlar yutişga bölgan iştiyoqi jinoyat emas, töğrimi?

Har qanday afsonaviy futbolçilar bilan ham bunday voqealar böladi va zinhor bu futbolçining özini katta tutişi emas. 

Kroyfga öxşaşroq boşqa - «agar qaçonki, biror futbolçi murabbiydan muhimroq bölar ekan, hammasi tamom» iqtibosi muallifi Aleks Fergyuson davrini eslang. Ueyn Runi jamoani tark etişni istagan. Klub kerakli transferlarni amalga oşirmayotgani, yuqori sovrinlar uçun kuraşişga közi yetmayotganini aytgan. Xöş, Fergyuson öşa iqtibosni eslab, Runidan voz keçganmidi? Yöq, u futbolçi bilan gaplaşib, işontirgan, köndirgan, hammasi yaxşi bölişini aytib, va'dalar bergan. Ueyn murabbiy ketganidan keyin ham, tört yil Mançesterda töp surdi.

Messining futbolda uçrab turadigan tabiiy istagi bu qadar katta rezonans berganining sababi, Bartomeu boşqaruvidagi muvaffaqiyatsizliklardir. U na murabbiy tanlaşda, na transferlarda samarali iş olib bordi, natijada, qatorasiga tört yil «Barselona» yirik hisobdagi mağlubiyatlar bilan YeÇLni tark etdi. 

Tasavvur qiling, agar bu yil «Barselona» YeÇLni yutib, Bartomeu otning ustida bölganda, Messining ketişiga munosabat xotirjamroq bölmasmidi? Xuddi Ronaldu osonlik bilan «Real»ni tark etgandek, Messining ketişi xuddiki yangi davrning boşlanişini bildirgandek, çiroyli kuzatiş bölar, işonamanki, Bartomeu ham bu qadar oyoq tirab turib olmasdi. Demak, Messining ketişi qandaydir reja yoki strategik qaror emas, samarasiz boşqaruvning oqibati bölib qolişi Bartomeu uçun katta zarba bölardi. U transferlar uçun uç yilda yetti yuz million sarflab, biror marta nişonga urmagan, buning ustiga Neymar va Messini şarmandali tarzda qöldan boy bergan noşud rahbar sifatida tarixda qolardi.