Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand tomondan Toshkentga yo‘l olgan yuk mashinalari Sirdaryo tumanini aylanib o‘tishadi
Toshkent – Samarqand yo‘nalishining Sirdaryo viloyati hududidan o‘tgan qismida yuk mashinalarining harakat yo‘nalishiga o‘zgartirish kiritiladi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga viloyat IIB YHXB.
M34 “Toshkent-Dushanbe” avtomobil yo‘lining Sirdaryo tumanidan o‘tuvchi 90-kilometrida joylashgan “Sho‘razak” kollektori ustidagi temirbeton ko‘prikning yuk ko‘tarish qobiliyati pasayib, ta'mirtalab holga kelib qolgan.
Kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida, og‘ir yuk tashuvchi transport vositalarining ushbu ko‘prik orqali harakatlanishi taqiqlanib, vaqtinchalik ushbu turdagi transport vositalari harakatlanish yo‘nalishi o‘zgartirildi.
Ya'ni, xalqaro ahamiyatdagi M39 avtomobil yo‘lining 871-kilometri orqali Sirdaryo viloyati hududiga kirib kelgan og‘ir turdagi yuk transport vositalari qatnovi 4R26 “Sirdaryo – Dehqonobod – Qiyot – Bekobod” yo‘nalishi bo‘yicha A373 “M39 avtoyo‘li – Guliston – Bo‘ka – Angren – Qo‘qon va Andijon orqali O‘sh” avtomobil yo‘lining 58-kilometriga chiqib harakatlanishni davom ettirishlari mumkinligi belgilandi.
Shu bilan birga, 2 oy muddatda ushbu temir beton ko‘prikni bir tomonini avtotransport vositalari qatnovi uchun ta'mirlab foydalanishga topshirish uchun Sirdaryo viloyati avtomobil yo‘llari hududiy bosh boshqarmasiga yuklatilgan.
4 oy muddatda esa ko‘prikni to‘liq foydalanishga topshirilishi belgilangan.
Tavsiya etamiz
Yil uchrashuvi: Alyaskada nima bo‘ladi?
Jahon | 20:43 / 11.08.2025
Urush taqdiri Alyaskada hal bo‘ladi – hafta dayjesti
Jahon | 17:31 / 10.08.2025
Koreya: Gapirilmaydigan haqiqatlar (2-qism) | SUBYEKTIV
Jamiyat | 18:07 / 09.08.2025
Lazizbek Mullajonov birinchisi emas. Doping sabab diskvalifikatsiya qilingan mashhur o‘zbek sportchilari
Sport | 20:54 / 08.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Qosh va kiprik laminatsiyasi ularning to‘kilishiga olib keladimi? Mif va haqiqatlar
Ayollar dunyosi | 16:39
-
Qibrayda daraxtlar aholi ko‘z o‘ngida kesib tashlandi
O‘zbekiston | 15:38
-
Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi tashkil qilindi
O‘zbekiston | 15:31
-
Surxondaryoda ham zapravkada portlash ro‘y berdi
O‘zbekiston | 14:53
Mavzuga oid

11:07
“3 kiloga yetgan”: Samarqandda 80 yoshli bemordagi yirik buqoq olib tashlandi

08:00
Toshkentda maishiy chiqindi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

18:05 / 12.08.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlikni 80 km/soatgacha oshirish rejalashtirilmoqda

14:06 / 12.08.2025