Moliya vaziri Temur Işmetovga köra, Mirzaobod, Oqoltin va Sardoba tumanlarida yetkazilgan talafotlarni bartaraf etiş uçun 2020 yilda 1 trln 432 mlrd söm ajratiladi.

"Şundan, köp qavatli uylar qurilişi uçun 950 mlrd söm, avtomobil yöllari va köpriklar qurilişi uçun 268 mlrd söm, ijtimoiy soha obektlariga 84 mlrd söm va oqova suv inşootlari uçun 129 mlrd söm ajratilgan. 

Agar bundan taşqari yana mablağlar zarur bölsa moliya vazirligi tomonidan heç qanday muammosiz ta'minlab beriladi", — deya  videokonserensaloqa orqali Senatning Sirdaryo viloyatida ötkazilgan sayyor yiğilişida qatnaşgan moliya vaziri T.Işmetovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.