2020 yilning 27 avgust kuni soat 03:40da Farğona viloyati Quva tuman Özbekiston köçasiga Matiz rusumli avtomaşinada kelgan noma'lum şaxslar 18 yoşli X.T.ning jağ sohasiga qölining muşti bilan bir marotaba urib, X.T.ga tegişli jami narxi 2.000.000 söm bölgan 2 qop bodom mahsulotlari va Samsung Galaxy A20 rusumli uyali telefon apparatini oçiqdan-oçiq talon-toroj qilib, hodisa joyidan yaşiringan.
Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, mazkur holat yuzasidan Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan noma'lum şaxsga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “a” bandi (talonçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni 24 yoşli I.M., F.Ğ., D.M. 25 yoşli N.U., 26 yoşli M.K., 22 yoşli T.Q. sodir etganligi aniqlangan, Matiz rusumli avtomaşinani I.M. boşqarganligi aniqlanib, X.T.ga tegişli Samsung Galaxy A20 rusumli uyali telefon apparati aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.
Bundan taşqari, I.M. va uning şeriklari Farğona viloyatining boşqa tumanlarida şu kabi jinoyatlar sodir etganliklari aniqlangan va ularning barçasi uşlangan, hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Quva tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan I.M. şu tumanda jinoyat sodir etib uşlanganligi sababli, ayblanuvçi tariqasida jalb qilinib, “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.












