Marra çiziğini ikkinçi bölib “Maklaren” a'zosi Karlos Sayns kesib ötgan. 3-örinni “Reysing Poynt” poygaçisi Lens Stroll egallagan.

Poyga peşqadami va amaldagi çempion Lyuis Hemilton svetoforning qizil çiroğiga qaramay pit-leynga kirgani uçun 10 soniyalik jarima bilan jazolangan. Poyga “Ferrari” a'zosi Şarl Lekler iştirokidagi avariya sababli töxtatilgan. U davom ettirilgaç Hemilton jazo soniyalari sababli oxirgi öringa tuşib ketgan. U qolgan vaqt davomida pozitsiyasini yaxşilay olişga va 7-örinni egallaşga muvaffaq bölgan. 

1995 yildan beri birinçi marta Italiya bosqiçida Ferrari’ning ikki poygaçisi - Şarl Lekler va Sebastyan Fettel trassadan çiqib ketdi. 

Bir kun avval Hemilton kvalifikatsiya bosqiçida eng yaxşi vaqtni namoyiş qilgandi. U bir aylanani 1 daqiqa 18,887 soniyada ötib, çempionat tarixidagi mutlaq rekordni örnatgan.

Umumiy hisobda Hemilton 164 oçko bilan peşqadamlik qilmoqda. 2-örinni Valtteri Bottas 117 oçko bilan, 3-örinni Maks Ferstappen 110 oçko bilan egallamoqda. 

Poygalarning keyingi bosqiçi ham Italiyada 11-13 sentabr kunlari bölib ötadi.