“Notarial palata bilan aynan şu yönalişda hamkorlik qilişga kelişib oldik. 2020 yil 29 apreldagi “Özbekiston Respublikasida yuridik ta'lim va fanni tubdan takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi prezident farmoniga muvofiq, ta'lim jarayoniga zamonaviy yondaşuv va texnologiyalarni joriy etyapmiz. Bunday yangilanişlar universitetda tayyorlanayotgan yuridik kadrlarning sifat-saviyasiga ijobiy ta'sir körsatişiga işonaman”, deya ta'kidlagan TDYuU rektori Rahimjon Hakimov.

Universitet axborot xizmatining ma'lum qilişiça, hamkorlik memorandumi asosida TDYuU talabalariga palata markaziy apparati va hududiy bölinmalarida amaliyot ötaş imkoniyati berilmoqda. Qolaversa, ularning notariat xizmatiga doir bilimini takomillaştiriş maqsadida “Bölajak notariuslar klubi”ni taşkil etiş közda tutilgan. Istiqbolli bitiruvçilar esa taşkilotda işga olib qolinişi közda tutilgan.