Hujjat Prezidentning 7.05.2020 yildagi «Eksport faoliyatini yanada qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida»gi PQ-4707-son qarori ijrosi doirasida işlab çiqilgan.
Nizomga muvofiq, garov sifatida suğurta xizmatlaridan foydalangan eksport qiluvçilarga suğurta mukofoti uçun tölov xarajatlari Investitsiyalar va taşqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan Davlat budjetidan ajratiladigan subsidiya mablağlari hisobidan suğurta pulining 1 foizidan ortiq bölmagan miqdorda kompensatsiya qilib beriladi.
Norma’ning yozişiça, kompensatsiya tölanişi uçun quyidagilar şartlarga rioya etilgan bölişi:
- suğurta şartnomasi böyiça suğurta mukofoti suğurtalovçiga suğurta qildiruvçi tomonidan tölangan bölişi (suğurta mukofoti suğurtalovçiga töğridan-töğri qoplab beriladigan holatlar bundan mustasno);
- eksport şartnomalari (invoyslar) Taşqi savdo operatsiyalarining yagona axborot tizimida röyxatdan ötkazilgan bölişi (bitta invoys böyiça $5 minggaça tovarlarni (xizmatlarni) eksport qiliş holatlaridan taşqari), eksportoldi moliyalaştiriş şartnomasi böyiça suğurta amalga oşirilişi holatlari bundan mustasno;
- avval olingan kompensatsiya böyiça suğurta şartnomasi muddatidan avval bekor qilingan bölsa, suğurta qildiruvçi tomonidan kompensatsiyaning tegişli qismi qaytarilgan bölişi;
- tadbirkorlik xavfini suğurta qiliş şartnomasi böyiça faqat suğurta qildiruvçining öz tadbirkorlik xavfi va moliyalovçi şaxs foydasiga suğurtalanişi;
- suğurta şartnomasining turi Nizom, Fuqarolik kodeksi va suğurta faoliyati töğrisidagi qonun hujjatlari bilan belgilangan şartlarga mos kelişi şart.
Kompensatsiya oliş uçun arizalarni körib çiqiş tartibi Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oşiriladi. Ariza va zarur hujjatlar olinganidan keyin Agentlik ularni körib çiqadi va 7 iş kuni davomida xulosa beradi.
Moliya vazirligi taqdim etilgan buyurtmanomaga muvofiq 3 iş kuni davomida kompensatsiya mablağlarini Agentlikning hisobvarağiga, Agentlik esa hisobvarağidan bir iş kuni davomida suğurta qildiruvçi yoki suğurtalovçining hisobvarağiga ötkazib beradi.
Nizomda quyidagilar ham körsatilgan:
- suğurta mukofotini qoplab beriş uçun talab etiladigan hujjatlar va ularni körib çiqiş tartibi;











