Şuning uçun ham mamlakatimizda aholi ehtiyojlarini tölaqonli ta'minlaş, yaşaş uçun eng maqbul şaroit yaratiş yölida katta islohotlar amalga oşirilmoqda. Jumladan, davlatimiz rahbarining 2019 yil yanvarida qabul qilgan “Urbanizatsiya jarayonlarini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni bu sohada olib boriladigan işlarni yanada jadallaştirilişiga sabab böldi.
Farmondan maqsad qişloq tumanlarida yaşovçi aholi turmuş darajasini şahar aholisinikiga yaqinlaştiriş, maişiy qulayliklar yaratiş va şu yöl bilan aholining ijtimoiy, iqtisodiy, ma'naviy va ma'rifiy sohalarda yiğilib qolgan muammolariga yeçim topişdan iborat. Vazirlar Mahkamasining qarori bilan yöldoş şaharlarga aylantiriluvçi obektlar röyxati ham şakllantirilgan. Barça deputatlar davlat ravnaqi uçun möljallangan bu harakatni qöllab-quvvatlaymiz.
Şu kunlarda project.gov.uz (ID-20250 IHL-611/20) saytiga kelişiş uçun joylaştirilgan Toşkent viloyati Toşkent tumani hududida yöldoş şaharça va sanoat zonasi taşkil qilinişi haqidagi hujjat bizni öylantirib qöydi.
Sababi, Toşkent tumani ança rivojlangan, meva-sabzavotçilik yaxşi şakllangan, poytaxt aholisini ana şu mahsulotlar bilan ta'minlab kelayotgan asosiy hududlardan biri. Yöldoş şaharça uçun möljallangan 210 gektar yer ayni hosildorligi yuqori hudud bölib, unda hozirda 55 ta fermer xöjaligi va tadbirkorlar, Mehnat avto MÇJ faoliyat olib bormoqda.
Yer kodeksining 44 va 45-moddalariga köra, suğoriladigan yerlar maxsus muhofaza qilinişi lozim. Şuning uçun ham talabgorlar köp bölişiga qaramay, Toşkent viloyati va Toşkent tumani hokimliklari tomonidan yuqorida körsatilgan hududlarni boşqa maqsadlarda foydalaniş uçun investitsiya kiritişga yöl qöyilmay kelinmoqda.
Taşkil etilişi rejalaştirilgan yöldoş şaharçalar röyxatida ham bu manzil körsatilmagan. Sanoat zonasi uçun ajratilayotgan 140 gektar yer uçun kompensatsiya umuman hisoblanmagan. Prezidentimizning hududlararo anklavlar hosil qilişga yöl qöymaslik haqidagi körsatmalarida nazarda tutilgan muammolar ham yuzaga kelişi mumkin.
Ajratilayotgan hududlarda taşkil etiladigan korxonalardan olinadigan foyda soliqlari şahar budjetiga qaratilib, tumanda ijtimoiy sohani rivojlantiriş uçun biror söm qöşimça mablağ olinmaydi.
Toşkent tumanining poytaxtni oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlaşga qöşayotgan hissasini inobatga olib, yöldoş şaharçani tumanning boşqa hududidan taşkil qiliş va sanoat zonasini tuman tasarrufida taşkil etiş, taşkil etilayotgan yöldoş şaharça va sanoat zonalaridagi korxona va fermer xöjaliklariga qonunda kafolatlangan kompensatsiya tölovlarini amalga oşirişni ta'minlovçi me'yoriy hujjat qabul qilinişi maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.












