AQŞ kompaniyasi birdaniga 4 ta yangi iPhone’ni taqdim qiladi. Manbalar ma'lumotlariga köra, taqdimotda 5,4 va 6,1 dyuymli iPhone 12 hamda 6,1 va 6,7 dyuymli iPhone 12 Pro va Pro Max namoyiş qilinadi. Birinçi marta barça smartfonlar OLED-displey bilan jihozlanadi. Şuningdek, yangi smartfonlar 5G-tarmoğini qöllab-quvvatlaydi.
Smartfonlar odatdagidan keçroq sotuvga çiqadi. Uning sanasi taqdimotda oşkor qilinişi mumkin. Avvalroq Apple gadjetlari sentyabrda sotuvga çiqmasligini tasdiqlagan.
Bundan taşqari, AQŞ kompaniyasi yangi iPad Air planşetini, yangi avloddagi Watch smart-soatlarini va HomePod “aqlli” karnayining kiçikroq versiyasini taqdim qilişi mumkin.












