8 sentyabrda Tesla aksiyalari narxi keskin tuşib ketdi. Aksiyalar 19,68 foizgaça qadrsizlanib ketgan va bir donasi narxi 336 dollargaça tuşib ketgan. Bu kompaniyaning S&P 500 indeksiga kiritilmagani ortida yuz bergan. S&P Dow Jones Indices qömitasi Tesla aksiyalarini heç qanday tuşuntirişsiz indeksga qöşişdan boş tortgan. Bunday qaror kompaniya indeksga tuşiş uçun barça mezonlarni bajarganiga qaramay qabul qilingan.
Bundan taşqari, vaziyatga General Motors kompaniyasi Tesla’ning raqobatçisi – elektr yuk maşinalari işlab çiqarişga ixtisoslaşgan Nikola startapining ustav kapitalida 2 mlrd dollar sotib olganini e'lon qilgani ta'sir körsatgan. Buning natijasda startap aksiyalari 34 foizga, General Motors’niki 8 foizga qimmatlagan.
Mask 4 sentyabrda milliarderlar röyxatida 5-örinni egallayotgan edi. U yetakçi beştalikda bir oydan köproq vaqt qolgan. Endi Maskni Mukeş Ambani, Uorren Baffet, Mark Tsukerberg, Bernar Arno, Bill Geyts va Jyeff Bezos ortda qoldirmoqda. Ambanidan taşqari, 8 sentyabrda sanab ötilgan biznesmenlardan barçasining kapitali qisqargan.
AQŞ fond bozori qulaşda davom etmoqda. Bunda ayniqsa texnologik kompaniyalar aksiyalari öz qiymatini eng köp yöqotmoqda.












