Kun.uz muxbiri bugungi kunda ACCA dasturlari böyiça Özbekistonda ta’lim olişni yölga qöygan mutaxassislar bilan suhbat uyuştirdi.

Suhbatdoşlarimiz – Toşkentdagi Yodju texnika instituti rektori Jonpölat Kudaybergenov; AFIM asosçisi va rahbari Ixtiyor Xudoyorov; «Express IELTS» NTM asosçisi Aziz Abdurazzoqov; ACCA a’zolari – Şerzod Inoğomov, Şahzod Erkinov, Sanjar Jabbor; talabalar – Behzod Hayitov, ACCA-Simpson granti sovrindori Behzod Tojiboyevlar bölişdi.

– Bugungi kunda Özbekistonda ACCA asosidagi ta’lim tizimi unçalik ham keng tarqalmagan. Şu sababli, dastavval ACCA nimaligini tuşunib olsak.

Jonpölat Kudaybergenov

– ACCA'ning kengaytmasi – The Association of Chartered Certified Accountans bölib, bu atama inglizçada keng ma’noda qöllaniladi. Sözma-söz tarjimasi «Diplomli va sertifikatlangan buxgalterlar uyuşmasi» degan ma’noni anglatadi. Şu bilan birga, inglizçadagi accountant sözi keng ma’noda qöllanilişini inobatga olib, bu sözni buxgalter yo hisobçi deb tuşuniş töğri bölmaydi. Bu söz turli kontekstda turliça – auditor, soliqçi, moliya menejeri, hisobçi yoki moliya direktori degan ma’noni bildiradi. Uşbu öquv dasturida öqib, tugatgaç, istalgan korxonada işlab, moliya departamentini «A»dan «Z»gaça boşqara oladigan moliya menejeri böliş mumkin.

ACCA’ni biznes boşqaruvini örgatadigan assotsiatsiya deb ham tuşunsa böladi. Bu assotsiatsiyaning 13ta fanni öqitadigan dasturi bölib, uning içida buxgalteriya asosiy soha hisoblanadi. Şuningdek, dastur içida moliya boşqaruvi, soliq, tijorat huquqi, IT, biznes boşqaruvi kabi yönalişlar ham bor. Köpçilikda bu yönalişda öqigandan keyin kim böliş mumkinligi haqida savol tuğiladi. ACCA sertifikatini olgan talaba yuqorida sanab ötilgan yönalişlarda bemalol işlay oladi.

– Özbekistonda ACCA dasturi böyiça ta’lim beradigan ta’lim maskani bormi?

Aziz Abdurazzoqov

– ACCA taşkilotining Markaziy Osiyodagi boş vakolatxonasi Qozoğistonda joylaşgan. Lekin ACCA imtihonlarini 192ta mamlakatda ham topşiriş mumkin. Imtihonlarning barçasini Britaniya Kengaşi (British Council) ötkazadi va boşqaradi. Imtihonlarni ham özlari tuzişadi, talabgorlar faqat imtihon topşiradi.