Özbekiston prezidenti qarori bilan Maxmud Şuhratoviç Istamov Adliya vazirining birinçi örinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

U biroz avvalroq Davlat aktivlarini boşqariş agentligiga boş direktor bölib ketgan Nodir Jörayev örnida iş boşlaydi. 

Foto: Maxmud Şuhratoviç Istamov

Maxmud Şuhratoviç Istamov – 1979 yil 24 fevralda Buxoro şahrida tuğilgan. Ma'lumoti oliy, huquqşunos, 1-darajali adliya maslahatçisi. 2000 yil Toşkent davlat yuridik institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2000 yilda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Idoraviy me'yoriy hujjatlarni davlat röyxatidan ötkaziş boşqarmasining katta maslahatçisi lavozimida boşlagan. Keyinçalik mazkur boşqarmada boş maslahatçi, bölim boşliği, boşqarma boşliği örinbosari lavozimlarida işlagan.

2004-2005 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy axborot bilan ta'minlaş markazi rahbari, 2005-2006 yillarda Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Normativ-huquqiy hujjatlarning  amalga oşirilişi ustidan monitoring qiliş markazi bölimi boşliği, 2006-2011 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Davlat maslahatçisi xizmatining Adliya va sud idoralari faoliyati masalalari böyiça inspektori, 2011-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Huquqni muhofaza qiluvçi va nazorat idoralari faoliyatini muvofiqlaştiriş xizmatining Adliya idoralari masalalari şö'basining yetakçi inspektori, 2014-2017 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Oliy Majlis, siyosiy va jamoat taşkilotlari bilan hamkorlik qiliş xizmati Siyosiy partiyalar bilan hamkorlik qiliş şö'basi mudiri, 2017 yil 14 avgustiga qadar Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Siyosiy-huquqiy masalalar xizmati Sud-huquq sohasidagi qonunçilik şö'basi mudiri lavozimlarida faoliyat körsatgan. 

U 2017 yil 14 avgustda Özbekiston Respublikasi Adliya vaziri örinbosari lavozimiga tayinlangandi. 

Şuningdek, Xudayor Xurramoviç Meliyev Adliya vazirining örinbosari etib tayinlandi.