Norvegiyaning «Rivojlaniş partiyasi» deputati Kristian Tibring-Gedde AQŞ prezidenti Donald Tramp nomzodini Nobel mukofotiga ilgari surdi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.
Deputat Nobel qömitasiga maktub yöllab, unda amerikalik yetakçi nima uçun uşbu mukofotga munosib ekanligiga izoh bergan. Uning yozişiça, Tramp siyosiy faoliyati davomida tinçlik örnatilişi uçun boşqa nomzodlarga nisbatan köproq iş qilgan: xususan, Isroil va BAA örtasidagi munosabatlarning tiklanişida uning ma'muriyati asosiy rolni öynagan.
«Mintaqadagi boşqa mamlakatlar ham Amirliklar yölidan boradi, bu kelişuv tufayli Yaqin Şarq hamkorlik va farovonlik mintaqasiga aylanadi», — deb ta'kidlagan Tibring-Gedde.
14 avgust kuni Trampning milliy xavfsizlik böyiça maslahatçisi Robert ÖBrayyen ham Amerika prezidenti tinçlik böyiça Nobel mukofotini olişi mumkinligini aytgandi.
13 avgust kuni Tramp Isroil va BAA ikki tomonlama munosabatlarni yaxşilaşga qaratilgan tarixiy kelişuvni imzolaganini ma'lum qildi. Ikki mamlakat AQŞ prezidenti ma'muriyati vositaçiligida özaro hamkorlik qilişga kelişib oldi.












