Voqea joyiga öt öçiruvçilar va harbiylar yetib kelişgan.

«Öt öçiriş brigadalari yonğin sodir bölgan joyda işlamoqda, ularga armiya vertolyotlari yordam bermoqda», deyiladi mahalliy OAV xabarida.

Dastlab Livan OAV yonğin Duty Free hududidagi angarlardan birida boşlanganini xabar qildi. Livan Qizil Xoç jamiyati boş direktorining aytişiça esa, yonğin çiqindini yoqiş natijasida yuzaga kelgan.

Keyinçalik Livan armiyasi yonğin erkin bojxona zonasida motor moylari va şinalari bölgan omborda çiqqanini aytdi.

Ammo guvohlarning sözlariga köra, tutun ustuni bir oy muqaddam, avgust oyi boşida Bayrutning yarmini vayron qilgan portlaş markazi bölgan hududda kötarilgan. Bu hududda esa qandaydir biznes davom ettirişga şaroit bölmagan.

Tvitter foydalanuvçilari voqea hududidan olingan videolarni sahifalariga joylaşmoqda.

Katta vayrongarçilik

4 avgustdagi portlaşdan keyin Bayrutdagi ayrim kvartallar şunday köriniş olgan
REUTERS

4 avgust kuni ketma-ket röy bergan ikkita kuçli portlaş oqibatida Bayrutda 190dan oşiq kişi halok bölib, 6 mingdan oşiq kişi jarohatlangandi. Portlaş tölqini port va uning atrofidagi kvartallarni butunlay vayron qilgandi. Fojiaga portda xavfsizlik qoidalariga amal qilmasdan saqlab kelingan ammiak selitrasiga yonğin yetib borişi sabab bölgandi.

Port - import mahsulotlariga tayangan Livan iqtisodiyoti uçun muhim ahamiyatga ega bölgan. Bu hodisasiz ham livanliklarning hayoti yildan yilga oğirlaşib borayotgandi. Sönggi yillarda iqtisodiy muammolar girdobida qolgan mamlakatga qöşni davlat Suriyadan qoçqinlar oqimi yopirilişi va koronavirus pandemiyasi vaziyatni yanada oğirlaştirdi.