Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi kontrafakt mahsulotlar savdosining oldini oliş va iste'molçilarning huquqlarini himoya qiliş sohasida hamkorlikni taşkil qiliş hamda supermarketlarni kontrafaksiz hududga aylantiriş maqsadida yirik supermarket tarmoqlari bilan hamkorlik memorandumini imzoladi.

Intellektual mulk agentligi direktori Tölqin Abdusattorovning ta'kidlaşiça, memorandumni imzolaşdan közlangan maqsad kontrafakt mahsulotlar aylanmasining oldini oliş, tadbirkorlar örtasida halol raqobatni ta'minlaş, iste'molçilarni qalbaki mahsulotlardan ogoh etiş, intellektual mulk obektlaridan noqonuniy foydalanganlik uçun qonuniy javobgarlikni kuçaytirişdan iborat.
“Siz eng yaxşisiga loyiqsiz! Kontrafaktga könmang!” şiori ostida ötkaziluvçi tarğibot loyihasi orqali respublika barça viloyatlaridagi yirik savdo şoxobçalarida bosqiçma-bosqiç kontrafaksiz hudud yaratiş va buning natijasida fuqarolarga körsatilayotgan savdo va xizmatlar sohasida intellektual mulk huquqi obektlarining va iste'molçilar huquqlari, qonuniy manfaatlarini hamkorlikda himoya qiliş, mahsulotlarning özga şaxslarga tegişli bölgan tovar belgisi yoki xizmat körsatiş belgisi bilan adaştirib yuboriş darajasida bir xil yoxud unga aynan öxşaş bölgan boşqa mahsulotlarning reklama qilinişining oldini oliş közlangan.

Intellektual mulk agentligi bölim boşliği Farrux Fayziyevning sözlariga köra, memorandum doirasida iste'molçilar savdo dökonlarida sotilayotgan mahsulotlar böyiça Agentlikka sörov yöllaş orqali mahsulotlarning kontrafakt yoki kontrafakt emasligi böyiça mutaxassis fikrini oliş huquqiga ega böladilar.
Agentlik loyiha orqali barça işlab çiqariş bilan şuğullanayotgan halol tadbirkorlarni hamkorlikka çaqirgan. Bildirilişiça, öz mahsulotlarining kontrafakt nusxasiga duç kelgan taqdirda intellektual mulk agentligining 1008 yoki (71) 232-50-50 işonç telefonlari hamda @ima_monitoring_bot telegramm boti orqali xabar beriş imkoni yaratildi.











