Dunyoda şu vaqtgaça Covid-19 tufayli vafot etganlar soni 900 ming kişidan oşdi. Bu haqda Jons Hopkins universiteti saytidagi ma'lumotlarda keltirilgan.

Universitet ma'lumotlariga köra, 10 sentabr holatiga köra koronavirusga çaliniş holatlari soni 27 million 695 ming 130tani taşkil etmoqda. Şundan 18 million 606 ming 83 bemor tuzalgan.

Saytda kasallikka çaliniş holatlarining aksar qismi AQŞ (6 358 247 holat), Hindiston (4 370 128 holat) va Braziliya (4 162 073 holat) hissasiga töğri kelişi körsatilgan. Rossiya törtinçi örinda joylaşgan - sönggi bir kunda 5218 kişida kasallik aniqlandi va jami holatlar soni 1 milliondan oşdi (1 037 526). Keyingi örinlarda Peru (696 190), Kolumbiya (679 513), Meksika (647 507), Janubiy Afrika Respublikasi (642 431), Ispaniya (543 379) va Argentina (512 293) bormoqda.

Ölim holatlari böyiça ham AQŞ yetakçi - 195 ming 239 kişi koronavirusga çaliniş oqibatida vafot etgan. Keyingi örinlarda Braziliya (128 653), Hindiston (75 091), Meksika (69 095), Buyuk Britaniya (41 594), Italiya (35 577), Fransiya (30 794), Peru (30 236), Ispaniya (29 628) va Eron (22 669) joylaşgan.

10 sentabr holatiga köra, Özbekistonda rasmiy statistikaga köra 45 ming 160 kişida kasallik aniqlangan, şundan 42 ming 212 kişi tuzalib çiqqan, 368 kişi vafot etgan. 9 sentabr kuni Özbekiston jahon reytingida Qirğizistondan ötib ketdi - qöşni mamlakatda şu vaqtgaça jami 44 ming 684 holat aniqlangan, lekin bu davlatda ölimlar soni köproq qayd etilgan - 1061. Markaziy Osiyo mintaqasida bu borada Qozoğiston yetakçi - 106 ming 584 holat va 1634 ölim. Kasallanişning ilk holatlari 30 aprel kuni tasdiqlangan Tojikistonda esa 8899ta kasallaniş holati qayd etilib, 71 ölim haqida e'lon qilingan. Turkmanistonda koronavirusdan zararlaniş holatlari tasdiqlanmagan.