Senatning yettinçi yalpi majlisida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69, 78-moddalariga hamda «Özbekiston Respublikasining ma'muriy-hududiy tuzilişi töğrisida»gi Qonunining 18, 23 va 25-moddalariga muvofiq, «Toşkent viloyati Zangiota, Quyi Çirçiq, Yangiyöl va Örta Çirçiq tumanlarining, Toşkent şahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, şuningdek, Toşkent viloyati va Toşkent şahrining çegaralarini özgartiriş hamda Toşkent şahri tarkibida Yangihayot tumanini taşkil etiş töğrisida»gi Oliy Majlis Senatining Qarori tasdiqlandi.

Unga köra, Özbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil may oyida Zangiota va Sergeli tumanlariga taşrifi davomida jamoatçilik vakillari bilan ötkazilgan uçraşuvda Toşkent şahri tarkibida Yangihayot tumanini taşkil etiş töğrisidagi taklif Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan edi. Uşbu taklif joriy yil iyul oyida Toşkent viloyati va Toşkent şahri aholisi tomonidan qöllab-quvvatlanib, Toşkent şahri tarkibida Yangihayot tumanini taşkil etiş masalasi xalq deputatlari Toşkent şahar hamda Toşkent viloyati Kengaşlari tomonidan ma'qullangan.

Yangidan barpo etilayotgan Yangihayot tumaniga Toşkent şahridan 2 131,2 gektar hamda Toşkent viloyatidan 2 288,4 gektar, jami 4 419,6 gektar yer maydoni ajratilib, Toşkent viloyati va Toşkent şahri çegaralari muvofiqlaştirilmoqda.

Bu bilan Yangihayot tumanida 115 ta sanoat korxonasi, 277ta xizmat körsatiş korxonasi, 1 148,8 gektar qişloq xöjaligida foydalaniladigan yerlar va 388,8 gektar aholi tomorqa yerlari nazarda tutilgan.

Tadbirda söz olgan Jahongir Ortiqxöjayev Toşkent şahri tarkibida Yangihayot tumani taşkil etiş uçun sabab bölgan omillar haqida gapirdi.

«Birinçidan, 2017-2020 yillar davomida Sergeli tumanida 460tadan köproq köp qavatli turar-joy barpo etilib, uşbu xonadonlarga Toşkent şahrining barça tumanlaridan uy-joy şaroitlarini yaxşilaşga muhtoj bölgan 100 mingdan ortiq aholi köçib kelgan. Endilikda uşbu aholi uçun ijtimoiy infratuzilmalarni yaratiş, işçi örinlarini taşkil etiş, huquqbuzarliklar va jinoyatçilikni profilaktika qiliş, turmuş darajasini oşiriş dolzarb masala bölib turibdi. Yangi massivlardagi aholi bilan işlaş, ularni ijtimoiy himoyalaş samarali davlat xizmatlarini körsatiş, hududni boşqarişda alohida yondaşuvga ehtiyoj sezilmoqda.

Toşkent şahri va Toşkent viloyati örtasidagi özaro anklav hududlar mavjud bölib, u yerda yaşovçi fuqarolarga transport, kommunikatsiya, kommunal, tibbiy va boşqa xizmatlarni körsatişda köplab noqulayliklar kelib çiqmoqda», dedi Jahongir Ortiqxöjayev.