Vazirlar Mahkamasi 2.09.2020 yildagi «Özbekiston Respublikasi Davlat çegarasida aniqlangan egasiz aşyolar töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida»gi 533-son qarorni qabul qildi.  
 
Norma’ning yozişiça, nizom bilan quyidagi tartib belgilangan:

  • Özbekiston Davlat çegarasini qöriqlaş va himoya qiliş davomida aniqlangan egasiz aşyolar, moddiy qimmatliklar va boşqa mol-mulkni rasmiylaştiriş;
  • ularni Çegara qöşinlari bölinmalariga olib kelişda xavfsizlik çoralarini ta'minlaş hamda saqlaşda sanitariya normalariga rioya qiliş çoralarini köriş;
  • aşyolarni ekspertizadan ötkaziş va qiymatini baholaş;
  • uşbu aşyolarga nisbatan qaror qabul qiliş.

Fuqarolik kodeksining 191-moddasiga muvofiq, egasi bölmagan yoki egasi noma'lum bölgan aşyo egasiz aşyo hisoblanadi. Agar bu hol topilma töğrisidagi, qarovsiz hayvonlar va xazina töğrisidagi qoidalarda rad etilmagan bölsa, egasiz köçar aşyolarga egalik qiliş huquqini vujudga keltiruvçi muddat asosida qölga kiritilişi mumkin.
 
Egasiz aşyolarni aniqlaş va hisobga oliş tartibi Nizomga ilova qilingan sxemada belgilangan.
 
Egasiz aşyolarni aniqlagan Çegara qöşinlari bölinmalari ularni közdan keçiradilar, fotosuratga oladilar va bayonnoma rasmiylaştiradilar. Uşbu aşyolar yuzasidan ekspertiza ötkaziladi va ular baholovçi taşkilotni jalb qilgan holda baholanadi.
 
Davlat xavfsizlik xizmati raisining qarori bilan taşkil etiladigan hududiy komissiyalar aşyoni egasiz deb topiş va uni Çegara qöşinlari hisobiga ötkaziş böyiça qaror qabul qiladilar, keyinçalik u savdo taşkiloti bilan tuzilgan şartnoma asosida uni sotadi. Egasiz aşyolarni sotişdan tuşgan mablağlar Çegara qöşinlarining budjetdan taşqari jamğarmasi hisobiga ötkaziladi.
 
Hujjat 2.09.2020 yildan kuçga kirgan.